Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston universiteti dunyodagi eng yaxshi 200 ta oliygoh qatoridan joy oldi 

A A A
Qozog‘iston universiteti dunyodagi eng yaxshi 200 ta oliygoh qatoridan joy oldi 

Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti dunyoning 200 ta eng yaxshi universiteti qatoriga kirdi, deya xabar beradi Kazinform. 

Qozog‘iston universiteti QS global reytingida 165-o‘ringa ko‘tarilib, ulkan yutuqlarga erishdi. Universitet bu xalqaro fan va ta’lim sohasidagi dunyodagi etakchi universitetlardan biri ekanligini isbotladi. Dunyodagi eng mashhur va nufuzli reyting agentligi Quacquarelli Symonds (QS) dunyo universitetlarining bu yilgi so‘rov natijalarini e’lon qildi. QS tahliliy hisobotiga ko‘ra, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti global reytingda 42 pog‘ona ko‘tarilib, 165-o‘rindan joy olgan.

Universitet Qozog‘iston oliygohlari o‘rtasida «dunyodagi eng yaxshi 200 ta universitet» ro‘yxatiga kiritilgan ilk ta’lim dargohi bo‘ldi. Ushbu ro‘yxatga ittifoq mamlakatlaridan faqat ikkita universitet kiritilgan - M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti.

Kiritildi: 14:25 10.06.2020. O'qildi: 6318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!