Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston prezidenti o‘z hukumatiga tahdid qildi

Qozog‘iston prezidenti o‘z hukumatiga tahdid qildi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatda aholini “COVID-19”ga qarshi emlash ishlari tezlashtirilmasa, hukumatni iste’foga chiqarish bilan tahdid qildi.

Qozog‘iston fevral oyida Rossiyaning Sputnik-V vaksinasidan foydalangan holda ommaviy emlash kampaniyasini boshlagan edi. Ammo shu kungacha emlashni faqatgina 47,000 kishi qabul qilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyga murojaat qilgan prezident, aprel oyida vaziyat o‘zgarishi kerakligini, aks holda sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari uchun dilni xira qiluvchi qarorlar qabul qilinishini aytdi.

Kiritildi: 11:05 02.04.2021. O'qildi: 5022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!