Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston prezidenti mamlakat aviakompaniyalarini tekshirish bo‘yicha topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti mamlakat aviakompaniyalarini tekshirish bo‘yicha topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi barcha aviakompaniyalar va aviasiya infrastrukturalari ob’ektlari faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi.

Qayd etilishicha, prezident qarorgohida bosh vazir, prezident ma’muriyati rahbariyati, xavfsizlik kengashi kotibi, bosh prokuror, milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi, vazirlar ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda 27 dekabr kuni Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokati bo‘yicha sifatli va ob’ektiv tekshiruv o‘tkazish, barcha aviakompaniyalar va aviasiya infrastrukturalari ob’ektlarini xavfsizlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida ularning faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazish topshirig‘i berilgan.

To‘qayev shuningdek, samolyot halokati sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya 10 yanvar kuni o‘rganish ishlari natijasi borasida hisobot berishini ma’lum qilgan.

Hukumat komissiyasini Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin boshqaradi, uning tarkibiga bosh vazir o‘rinbosari Roman Sklyar, sanoat va infrastrukturaviy rivojlanish vaziri Beybut Atamkulov va davlat organlarining boshqa vakillari kiradi.

Kecha, 27 dekabr kuni Qozog‘istonning Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Olmaota shahri aeroportidan havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi. Samolyot bortida 95 yo‘lovchi va ekipajning 5 a’zosi bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida balandlikni yo‘qotib, beton to‘siqni buzib o‘tgan va ikki qavatli imoratga borib urilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi tan jarohati olgan.

Kiritildi: 10:35 28.12.2019. O'qildi: 1680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!