Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bo‘lajak parlament islohoti chog‘ida hukumat tizimini shaxsiy manfaatlariga mos ravishda o‘zgartirish niyatida emasligini ma’lum qildi.
Bu haqda To‘qayev "Turkiston" gazetasida chop etilgan intervyusida ma’lum qildi.
Mamlakat rahbari islohotdan maqsad parlament spikeri lavozimini davlat boshqaruvi tizimining asosiy qismiga aylantirish va bu lavozimni o‘zi uchun tayyorlayotgani haqidagi iddaolarni rad etdi.
"Bu sof fantaziya. Bunday mulohazalar mening siyosiy tamoyillarimga zid. Men Qozog‘iston prezidentlik boshqaruv shaklidagi davlat ekanligini bir necha bor ta’kidlaganman.
Sakkiz yil oldin, Oqorda (prezident qarorgohi) lavozimiga kirishdan oldin men “Kuchli prezident – nufuzli parlament – hisobdor hukumat” tushunchasini bayon qilgandim.
Butun hukumat tizimini shaxsiy manfaatlarga mos ravishda o‘zgartirish juda mas’uliyatsizlik va men aytgan bo‘lardim, insofsizlik bo‘lardi”, — dedi To‘qayev.