Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik yigit qabristonda sevgilisi va o‘zini pichoqladi

Qoraqalpog‘istonlik yigit qabristonda sevgilisi va o‘zini pichoqladi

Qonliko‘l tumanida fuqaro Shinbergen Kengesbayev (1995 yilda tug‘ilgan) boshqa fuqaroga turmushga chiqqan sobiq sevgilisi D.Koptleuova (1998) va o‘zini pichoqladi. Hodisa 1 mart kuni soat taxminan 19:30 da, Beshko‘pir ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Yeshimaxun qabristonida sodir bo‘lgan

Bosh prokuraturadan ma’lum qilishlaricha yigit dastlab sevgilisiga oshxona pichog‘i bilan bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan. So‘ngra o‘zining qorin qismiga bir necha marotaba urib, bo‘yin va bilak qon tomirlarini kesgan va akasi Arslon Abdimuratovga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida xabar bergan, deb yozmoqda gazeta.uz.

Suiqasd natijasida D.Koptleuova tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinayotganda vafot etgan, Shinbergen Kengesbayev jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 1 mart kuni Qonliko‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Qoraqalpog‘iston prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha 16 mart kuni Shinbergen Kengesbayev gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Qonliko‘l tuman sudining ajrimi bilan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ish bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilingan Arslon Abdimuratov 1 mart kuni soat taxminan 19:40 da qo‘ng‘iroq qilib, akasining o‘g‘li Shinbergen unga: Arslon aka, meni kechiring, qizni pichoqlab qo‘ydim. Ikkalamizni shu yerga ko‘ming , deb aytganligi haqida ko‘rsatma bergan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida so‘roq qilingan Shinbergen Kengesbayev o‘z ko‘rsatmasida 2016 yildan buyon D.Koptleuova bilan gaplashib, sevishib yurganini ma’lum qilgan. U 2019 yil yanvar oyida Toshkent shahriga ishlash uchun ketib, 27 fevral kuni qaytib keladi. D.Koptleuova bilan telefon orqali gaplashganida, uning Qonliko‘l tumanida yashovchi S.Kuralbayevga turmushga chiqqanini eshitib, jahli chiqadi.

1 mart kuni D.Koptleuova Nukusdan Qonliko‘l tumaniga kelganida uni kutib oladi va birgalikda Qo‘ng‘irot tumaniga borib, bozordan yangi pichoq sotib oladi. So‘ngra ikkisi o‘z jonlariga qasd qilish maqsadida birgalikda Beshko‘pir dagi Yeshimaxun qabristoniga boradi. Yigitning aytishicha, avvaliga D.Koptleuova o‘ziga o‘zi pichoq uradi. Bu vaqtda u ko‘zini yumib turadi. Shundan so‘ng uning qo‘lidan pichoqni olib, o‘ziga uradi.

Ayni vaqtda ish bo‘yicha sud kriminalistika, daktiloskopiya, biologiya, stasionar psixiatriya ekspertizalari tayinlangan.

Kiritildi: 15:14 26.03.2019. O'qildi: 1793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!