Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga 2028 yilgacha soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladigan bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga 2028 yilgacha soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladigan bo‘ldi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun 2023 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda:

  • Foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilgan holda;
  • ijtimoiy soliq kamaytirilib, 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilansin.

Bunda yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmasligi aytiladi.

Kiritildi: 00:00 06.09.2022. O'qildi: 2580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!