Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istondagi mahkumlar ish haqini ololmayotgani ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘istondagi mahkumlar ish haqini ololmayotgani ma’lum bo‘ldi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili tomonidan Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Monitoring davomida mahkumlarning yashash, ovqatlanish, posilka, yo‘qlov, banderollar va pul jo‘natmalarini olish hamda mehnat qilish sharoitlari o‘rganildi.

Aniqlanishicha, ushbu muassasadagi shart-sharoitlar deyarli qoniqarli darajada, lekin, mehnat qonunchiligiga zid ba’zi holatlar mavjud. Jumladan, muassasada jazo muddatini o‘tayotgan 100 dan ortiq mahkumlar Nukus tumanidagi g‘isht zavodlaridan birida mehnat qilib kelmoqda. Lekin, ularga joriy yilning mart-may oylari uchun xanuzgacha ish haqlari berilmagan.

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlarini to‘lab berilishiga erishildi.

Shuningdek, Mintaqaviy vakil mahkumlar bilan suhbat davomida ularning huquq va majburiyatlari, Ombudsmanga murojaat qilish tartibi va usullari haqida ma’lumot berdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati

Kiritildi: 11:55 09.06.2021. O'qildi: 2076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!