Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istondagi dahshatli avtofalokat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Qoraqalpog‘istondagi dahshatli avtofalokat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tgan A-380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 493-kilometrida, haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi "Tacuma" rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan "Isuzu" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, "Tacuma" rusumli avtomobil haydovchisi A.M. hodisa joyida, ushbu avtomobil yo‘lovchilari S.M. shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q.lar shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal’a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:22 20.09.2021. O'qildi: 3792 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!