Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda «svet» o‘chdi

Qoraqalpog‘istonda «svet» o‘chdi

Soat 19:00 holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli ayrim elektr qurilmalarda nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Beruniy, Amudaryo, Chimboy, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanlari iste’molchilari qisman (jami 3 750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Shuningdek, soat 19:48 da Toshkent shahridagi 35 kVli «L-P-YU-2» kabel tarmog‘ida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Buning natijasida Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilari qisman (jami 1 250 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

"Hozirgi vaqtda ushbu nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabarida.

Kiritildi: 20:52 07.07.2024. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!