Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda ommaviy mushtlashuv: rasmiy ma’lumot berildi

Qoraqalpog‘istonda ommaviy mushtlashuv: rasmiy ma’lumot berildi

2021 yil 18 may kuni soat 18:00 lar atrofida Amudaryo tumani Mang‘it shahri A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Mang‘it dehqon bozori oldida yo‘lda janjal bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xabar asosida ichki ishlar organlari xodimlari hodisa joyiga borganida shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar A.X va A.Klarning o‘rtasida oldi-sotdi masalasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan va keyinchalik ushbu janjalga shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar T.S va T.N aralashishganligi aniqlangan.
Tez orada profilaktika inspektorlari tomonidan janjal to‘xtatilib, janjalda ishtirok qilgan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilgan.
Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tan-jarohati olgan va kasalxonaga murojaat qilgan fuqarolar aniqlamagan.
Hozirgi vaqtda, sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:02 22.05.2021. O'qildi: 3066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!