Bugun 3 iyun, 2020 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda ikki nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘istonda ikki nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2158 nafarni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 18:44 15.05.2020. O'qildi: 1579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!