Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda ikki mashhur shifokor koronavirusdan vafot etgani nega yashirilmoqda?

Qoraqalpog‘istonda ikki mashhur shifokor koronavirusdan vafot etgani nega yashirilmoqda?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

— Koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa ko‘rinishdagi alomatlar saqlanib qolmokda?

 Koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida  tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi  poliorgan o‘zgarishlar yuzaga kelganligi sababli  kasallikdan tuzalgandan keyin ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining (jiznenniy ob’em legkix) 20-30% ga kamayishi, shuningdek,  alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimani yuzaga kelishitufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkin, bu esa harsillash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.

Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab sistemasida ham  patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

— O‘tgan hafta Qoraqalpog‘istonda 2 ta mashhur shifokor koronavirusdan vafot etishdi. Nega bu haqida haligacha xalqqa ma’lum qilinmadi? Nega buni sir saqlayapsizlar?

— Darhaqiqat, o‘tgan haftada Qoraqalpog‘istonda ikkita tibbiy xodim: shifokor va hamshira vafot etdi. Bu haqda o‘sha zahoti ushbu ma’lumot olingandan  mahalliy televideniye orqali ma’lum qilindi.

— Agar tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilganda koronavirus bilan kasallangan bemorni ko‘rishdan bosh tortsa biz kimga va qayerga murojaat kilishimiz kerak? 

— Tez tibbiy yordam xizmati  bemorda qaysi kasallik bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi yordam ko‘rsatishi shart.  

Agar bu xizmat tomonidan  bemorga yordam ko‘rsatishdan bosh tortilsa hududiy  Sog‘liqni saqlash boshqarmalari  ishonch telefoni orqali  murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

— Tibbiyot oliygohlari talabalari ham Covid-19 ga qarash kurash uchun safarbar etiladimi va bu uchun ularga qanaqa imtiyozlar beriladi?

— Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga to‘liq va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot institutlari va kollej talabalari  ham jalb etilmoqda.

Ularning 2 haftalik oylik maoshi   ularning toifasiga qarab  5 mlndan 15 mlngacha tashkil etadi.

— Koronavirusning yengil formasi bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa asoratlar qolishi kuzatilmokda?

— Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan so‘ng miya yemirilishi, bepushtlik kabi asoratlar qoladi, degan ma’lumotlar tarqamoqda.

Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanishmagan holda bunday gaplarni tarqatish noo‘rin. 

🦠Koronavirusning yengil shaklini boshdan kechirgan bemorlarda kasallikdan tuzalgandan keyin deyarli asoratlar kuzatilmayapti.
 

Kiritildi: 14:46 23.07.2020. O'qildi: 6706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!