Bugun 3 iyun, 2020 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda ham 3 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘istonda ham 3 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay tuzalgan bemorlarimiz soni kundan kunga oshib bormoqda. Toshkent shahri, Xorazm, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari safiga endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham ham qo‘shildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 1 nafari Toshkent shahridan bo‘lib, Toshkent-Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdda Qoraqalpog‘istonga borgan. Ikki nafari esa Nukus shahridan ota-bola bo‘lib, kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Bunda, shubhasiz, respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasining fidoyi tibbiyot xodimlarining alohida hissasi bor. Ularning sa’y-harakatlari, xalqaro standartlar asosida davo choralari ko‘rilgani bemorlarning tuzalishiga zamin yaratdi.

Mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar bugunning o‘zida 27 nafarga yetib, jami 156 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 

Kiritildi: 20:19 17.04.2020. O'qildi: 1613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!