Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda beton ustunga urilgan Lacetti yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonda beton ustunga urilgan Lacetti yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ichida 4 nafar odam bo‘lgan Lacetti tunda elektr ustuniga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Xabarda yozilishicha, 2020 yil 19 avgustda tungi soat taxminan 03:00 larda Nukusdagi A.Musayev ko‘chasida Lacetti elektr tarmoqlarining beton ustuniga urilgan va transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

«Yonboshlagan» mashina salonidagi 4 nafar fuqaroning hayoti xavf ostida qolgan. Mazkur hududda xizmat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari safdorlar M. Urazimbetov, N. Qolboyev, S. Abdiyev va T. Palimbetov yordamga kelib, ularni yonayotgan Lacetti ichidan chiqarib olgan.

Shuningdek, IIO xodimlari jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam yetib kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, ularni shifoxonaga yuborgan. Voqea joyiga yetib kelgan yong‘in xavfsizligi xodimlari yong‘inni bartaraf etgan.

«Hozirda ushbu ko‘ngilsizlikning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda», – deyiladi O‘zA xabarida.

Avval iyul oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i xizmat mashinasida 1997 yilda tug‘ilgan yigitni urib ketgani, jabrlanuvchi hodisa oqibatida vafot etgani, Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkita yuk mashinasi yonib ketgani va bir haydovchi halok bo‘lgani, Amudaryo tumanida 13 avgust kuni spirtli ichimlik ta’siridagi Nexia-2 mashinasi haydovchisi velosipedda ketayotgan ikki nafar bolalarni katta tezlikda urib ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.

Kiritildi: 09:29 22.08.2020. O'qildi: 2460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!