Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda ayol o‘zini ko‘prikdan suvga tashladi, ammo...

Qoraqalpog‘istonda ayol o‘zini ko‘prikdan suvga tashladi, ammo...

Joriy yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Amudaryo ustidagi toifalangan “Qipchoq ponton ko‘prigi”dan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil 10 oktyabr kuni soat 11:30lar chamasida “Cobalt” rusumli avtomashinadan noma’lum ayol kishi ko‘prik oldida tushib qolib, o‘zini daryoga tashlagan. Ko‘prik hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan cho‘kayotgan ayolni suvdan olib chiqqanlar.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati hamda tuman IIB navbatchilik qismi voqea joyiga yetib kelguniga qadar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 12:47 11.10.2019. O'qildi: 3148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!