Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda 5 nafar bemor koronavirusni yengdi

Qoraqalpog‘istonda 5 nafar bemor koronavirusni yengdi

Ayni soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 43,  yoshi kichigi esa  35 yoshda. Hududlar kesimida olidigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatidan 2 nafardan, Samarqand viloyatidan 1 nafar.

Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 133 ta holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ularning 122 nafari sog‘aygan edi. Endilikda koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 127 nafarga yetdi. Hozirda shifokorlarimiz ushbu xududda davolanayotgan 6 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

‼️Shunday qilib, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2728 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 19:15 29.05.2020. O'qildi: 2037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!