Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda 1 qop un 110 000 so‘mdan noqonuniy sotilgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda 1 qop un 110 000 so‘mdan noqonuniy sotilgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda har bir qopi 87 500 so‘mdan sotilishi belgilangan un 110 000 so‘mdan sotilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “Qoraqalpoq Don mahsulotlari” AJ mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.2018 yildagi 731-sonli Qarori talablariga zid ravishda, har bir qopi 87 500 so‘mdan sotilishi belgilangan 6 134 qop un mahsulotlarini 2018 yilning sentyabr oyidan joriy yilning iyun oyiga qadar “X” oilaviy korxonasiga 110 000 so‘mdan hisoblab, jami 674,7 mln. so‘mga sotib, 138 mln. so‘m pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Qoraqalpoq Don mahsulotlari” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:08 18.10.2019. O'qildi: 3732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!