Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda koronavirusdan vafot etgan fuqarolarning kasalligi nega yashirildi?

A A A
Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda koronavirusdan vafot etgan fuqarolarning kasalligi nega yashirildi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.

— Ikki marta koronavirusga test topshirdim, ikkalasida ham test natijasi manfiy chiqdi, lekin o‘zimni juda yomon his qilayapman, o‘zimda koronavirusning hamma simptomlarini kuzatayapman. Poliklinikaga murojaat qilganimda test natijalaringiz manfiy deb meni davolashdan bosh tortishayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutay?

— Bugungi kunda  tez tibbiy yordam, ambulator poliklinika va shifoxonalarga tibbiy yordam olish uchun qilinayotgan murojaatlar va SEOM muassasalariga test topshirish uchun navbatda turganlarning aksariyatida kasallik mavjud emas, ularning asosiy qismida vahima hukmron bo‘lmoqda. 

Hurmatli fuqaro, Sizda agar natijalar manfiy bulsa, sizda koronavirus kasalligi emas, boshqa kasallikning alomatlari bo‘lishi mumkin. Oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.

— Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda koronavirusdan vafot etgan fuqarolarning kasalligi nega yashirildi?

— Xabaringiz bor SSV tomonidan kasallanganlar haqidagi ma’lumotlar kuniga kamida 4 marta e’lon qilinadi. Kasallikni yashirishdan esa hech qanday mantiq yo‘q. Shu bilan birga, statistik ma’lumotlar shifoxonaga yoki poliklinikaga murojaat qilgan bemorlar bo‘yicha emas, kasallik aniqlanib yakuniy tashxis qo‘yilgan bemorlarga nisbatan qayd qilinadi.

— Tibbiyot oliy o‘quv yurtida o‘qiydigan homilador qizimga karantin zonada ishlashga rozilik yozilgan tilxatga qo‘l qo‘ydirib olishibdi...

— Karantin zonasida ishlash uchun yosh bolasi bor, homilador, katta yoshdagi, surunkali kasalliklarning og‘ir shakllariga chalinganlar jalb qilinmaydi.

— Ko‘ngillilarni ishga qabul qilish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan raqamlarga telefon qilib tusha olmayapmiz.

— Ko‘ngillilar tomonidan juda ko‘p murojaatlar bo‘layotgani bois yuqoridagi holat yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Qo‘ng‘iroq qiling, albatta savollaringizga javob olasiz.

Kiritildi: 13:25 24.07.2020. O'qildi: 5335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!