Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qorachoy-Cherkasda ham niqob vaqtinchalik taqiqlandi

Qorachoy-Cherkasda ham niqob vaqtinchalik taqiqlandi

Qorachoy-Cherkas musulmonlari diniy boshqarmasi ham respublikada niqobni vaqtinchalik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda TASS agentligiga Qorachoy-Cherkas respublikasi muftiysi, Shimoliy Kavkaz musulmonlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi raisi Ismoil Hoji Berdiyev ma’lum qildi.

Uning tushuntirishicha, fatvo Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi muftiylar kengashining hijob va niqobga oid qaroriga muvofiq qabul qilingan.

“Qorachoy-Cherkas muftiyligi respublikada niqobni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi, shariatga ko‘ra, yuzni butunlay yashiradigan kiyim kiyish mumkin emas”, — dedi Berdiyev.

Shunday qilib, Qorachoy-Cherkes Respublikasi Dog‘istondan keyin Rossiyada yuzni yashiradigan kiyimlarni taqiqlagan ikkinchi mintaqaga aylandi.

Niqob — ayol kishining yuzini yopib turuvchi bosh kiyimi hisoblanadi va ko‘zlar uchun tirqishi bo‘lib, butun badan va yuzni qoplaydi, faqat ko‘zlar ochiq qoladi.

Avvalroq Dog‘iston muftiyati ayollar uchun an’anaviy musulmon bosh kiyimi bo‘lmish niqobni vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risidagi fatvoni e’lon qilgan edi.

Niqob masalasi Maxachqal’a hamda Derbentdagi cherkov va sinagogaga hujumdan so‘ng paydo bo‘ldi. Dastlab, Dog‘iston rahbari Sergey Melikov xotin-qizlarning yuzini berkituvchi kiyimiga qarshi ekanini aytib chiqdi. So‘ngra Dog‘iston muftiysi Ahmad Abdullayev respublikada niqobni taqiqlash mavzusini ko‘tarib, “ayollarni uyda o‘tirishga” chaqirdi.

Ko‘pchilik ulamolar yangi fatvoni tanqid qildi, jumladan Volgabo‘yi musulmonlari diniy boshqarmasi boshlig‘i Muqaddas hazrat Bibarsov mazkur voqealarni "musulmonlarga qarshi harakat", deb atadi.

Ma’lumot uchun, shofiylik mazhabi keng tarqalgan Kavkaz hududlarida ayollarning niqob taqishi vojib amallardan sanaladi.

Kiritildi: 23:48 06.07.2024. O'qildi: 1430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!