Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qorabog‘ harbiylari Ozarbayjonga texnika va qurollarini topshirmoqda

A A A
Qorabog‘ harbiylari Ozarbayjonga texnika va qurollarini topshirmoqda

Qorabog‘dagi harbiy tuzilmalar o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv doirasida qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarini topshirmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“25 sentyabr holatiga ko‘ra, ular sakkizta zirhli texnika, 37 ta dala artilleriyasi, bir nechta raketa va minomyotlar, 3 200 dan ortiq o‘qotar qurollar, tankka qarshi qurollar va havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, 435 mingga yaqin o‘q-dorilarni topshirdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan artilleriya qurollari, turli maqsadlardagi harbiy texnika, qo‘l granatalari va boshqa o‘q-dorilar Kelbajar tumanidagi yig‘ish punktiga olib ketilgan.

Armaniston armiyasining qurolsizlangan askarlariga Qorabog‘ hududini ikkita yo‘lak orqali tark etish ta’minlandi, deb xabar bermoqda Ozarbayjon IIV.

Ular Lochin — Xonkandi va Kelbajar — Basarkechar yo‘nalishlarida shaxsiy transport va avtobuslarda chiqib ketishi mumkin.

Kiritildi: 10:01 27.09.2023. O'qildi: 1119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!