Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qon bosimini tabletkalarsiz qanday tushirish mumkin: 5 sinovdan o‘tgan usul

Qon bosimini tabletkalarsiz qanday tushirish mumkin: 5 sinovdan o‘tgan usul

“Dori-Darmon AK” qon bosimini tabletkalarsiz tushirishga imkon beruvchi 5 sinovdan o‘tgan usul haqida xabar berdi.

1. Tez- tez sayr qilish.  Haftasiga besh-olti marta yarim soat piyoda sayr qilishga harakat qiling.

2. Nafas olish mashqlari. Meditasiya va nafas olish mashqlari bilan shug‘ullaning, bu stress gormonlarini ishlab chiqarishni boshqarishda yordam beradi. Boshlash uchun nima qilish kerak - chuqur nafas olish va tinchlanishni o‘rganing.

3. Kaliyga boy ovqatlar. Kaliy tanadagi ortiqcha tuzlardan tezroq qutilishga yordam beradi, natriyning ko‘p miqdori qon bosimining oshishiga olib kelishi mumkin.

4. Menyuda tuzni kamaytiring. Natriy qon bosimini oshirishi mumkinligini aytib o‘tdik. Shifokorlar kuniga 1,5 mg tuzni  gipertonik bemorlar uchun norma deb bilishadi.

5. Qora shokolad. Shokolad tarkibida flavanollar mavjud bo‘lib, ular qon tomirlarini bo‘shashtirish va qon oqimini ko‘paytirish orqali qon bosimini (https://t.me/academydoc/921) pasaytirishga yordam beradi.

Kiritildi: 20:44 04.02.2021. O'qildi: 5722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!