Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaga qurol-yarog‘ va razvedka ma’lumotlarini yetkazib berayotgan mamlakatlarga qarshi kuch ishlatishga chaqirdi. U bu haqda o‘zining Telegram kanalida yozdi.
Qodirovning ta’kidlashicha, NATO ortiga yashirinib, Ukrainaga qurol, ma’lumot va boshqa yordam ko‘rsatayotgan davlatlarga nisbatan keskin choralar ko‘rish vaqti kelgan.
«NATO qisqartmasi ortiga yashirinib, ukrainalik fashistlarga ochiqchasiga va qat’iyat bilan qurol, ma’lumot hamda boshqa yordam ko‘rsatayotgan mamlakatlardan boshlash zarar qilmaydi.
O‘t ochish vaqti keldi, tamom! Ular trotil hidini sezishi, Kalashnikovning guvurlashi va T-90 tankining shovqinini eshitishi bilan hammasi haqiqatni tushunadi», — deb yozdi Qodirov.