Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qizni yuboring yoki sepni...

Qizni yuboring yoki sepni...

Shayxi tariqat, Mavlono Munir Ahmad hazratlari aytadilar:

Tushunib olingki, shariat va sunnatga muvofiq nikohda baraka bo‘ladi. Bir kishi bor edi. U menga o‘zi shunday aytib berdi: Men o‘zimning nikoh to‘yim arafasida qiz tarafga bordim va ular barcha sep jihozlarni chiqarib qo‘yganlarini ko‘rdim. Shunda men bularning barchasi nima? Men bilan yo qizni yuboring yoki sepni, ikkisini olib ketmayman dedim. Ular, o‘g‘lim biz o‘zimiz himmat qilib beryapmiz. Siz hech narsa so‘raganingiz yo‘q edi, deb tushuntirdilar.

Men: Siz nima desangiz deyavering. Menga bu narsalar kerak emas dedim. Oxiri, majbur bo‘lib qizni mashinaga o‘tqazdilar.

U janob aytadilarki, men o‘shanda ularni mashina orqa qismiga kichikroq narsa qo‘yganlarini ko‘rdim. O‘sha payt hech narsa demadim. Bir necha kundan so‘ng qizlarini ko‘rgani keldilar. Gap orasida, qizim bir kichkinagina sandiqchani mashina orqasiga qo‘ygan edik dedi. U, otajon, men bilmayman. Mening xabarim yo‘q dedi. Shunda, qaynonam menga: «O‘g‘lim men mashinaning orqa qismiga bir narsa qo‘ygan edim» dedi.

Men: Nima qo‘ygan edingiz? O‘sha joyda turgan bo‘lsa kerak dedim. Hayronlik ila aytgach, men birovni yubordim. U mashina orqasiga narsa qo‘yilganini ko‘rdi. Men uni olib keltirdim va ochdim. Ichida bir juft kiyim, bir sopol kosa va bir qalam yoki nimadir bor edi. Men qaytarib yuborish yaxshi emas deb o‘yladim. Shuning uchun bir odamni chaqirdim, sen buni ol dedim va sopol kosani boshqa bir odamga berib yubordim. Ayni shu tarzda ularning ko‘z oldida barcha narsani taqsimlab berdim.

U janob aytadilarki, uchrashganimdan beri hozirgacha o‘n yil o‘tdi. Lekin hech qachon biz er xotin og‘iz ochmadik. Ya’ni, eru xotin o‘rtasida xafalik va janjal bo‘lmadi. Demak, do‘stlar! Bunday nikohda baraka bor. Biz Alloh uchun nikoh qilgan edik, mol dunyo uchun emas.

«To‘yni sunnatga muvofiq qiling» kitobidan

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Manba: islom.uz

Kiritildi: 07:00 27.06.2019. O'qildi: 2755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!