Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qizlar yotoqxonasi oldidagi jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan 62 yoshli erkak qamaldi

Qizlar yotoqxonasi oldidagi jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan 62 yoshli erkak qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak kishining jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 24 may kuni taxminan soat 15.00 larda Uchtepa tumanida joylashgan oliygohlardan birining qizlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonasi oldida, 1961 yilda tug‘ilgan Z.E. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro Z.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 12:30 27.05.2023. O'qildi: 2565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!