Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qiziltepada 6 218 940 so‘mlik qonunbuzarlik fosh etildi...

Qiziltepada  6 218 940 so‘mlik qonunbuzarlik fosh etildi...

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati Qiziltepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi Kusharti MFYda joylashgan fuqaro R. G‘. o‘ziga tegishli xonadonda o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda ulanib, 1 dona televizor, 3 dona yoritgich, 2 dona elektr isitish pechi, 1 dona elektr plita, 1 dona rozetka orqali elektr energiyasidan 221 kun davomida noqonuniy foydalanib kelib, Qiziltepa tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga jami 6 218 940 so‘mlik moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Aniq.uz saytining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, o‘z harakatlarini noqonuniy ekanligini tushungan R.G‘. 24.12.2018 yilda Qiziltepa tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga yetkazilgan 6 218 940 so‘m zararni to‘liq qoplagan.

To‘plangan hujjatlar yuzasidan 26.12.2018 yilda R.G‘.ga nisbatan MJtKning 101-moddasi bilan eng kam oylik ish haqining 5 barobari ya’ni, 1 013 650 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilib, qo‘llanilgan jarima summasi to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 15:44 15.01.2019. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!