Qirg‘izistonning sobiq prezidenti va mamlakatdagi sosial-demokratik partiya rahbari Almazbek Atambayev "Ata-Beyit" memorial-majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Siyosatchi Chuy viloyatining Arashan qishlog‘ida o‘tgan hayit namozida ishtirok etgan. Namozdan so‘ng norasmiy muhitda qishloqdoshlari bilan muloqotda bo‘lgan va "Ata-Beyit" memorial majmuasiga yo‘l olgan.
Bu yerda 2010 yil Aprel inqilobida halok bo‘lgan qahramonlar haqqiga duo o‘qilgan.
Fotosuratlarda Almazbek Atambayev o‘ychan holda aks ettirilgan. Kamiga siyosatchining sochlari haddan oqarib ketganligi ko‘zga tashlanmoqda, deb yozadi nashr.