Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qishda benzinni qanday tejash kerakligini bilasizmi?

Qishda benzinni qanday tejash kerakligini bilasizmi?

Qish-qirovli kunlarda mashinalar benzinni ko‘proq yoqadi, sabablar ko‘p: motorni uzoq qizdirish, yo‘llarning ahvoli, mashina moyining yopishqoqlik darajasi va hokazolar. Bunday vaziyatda qanday ish tutish, yonilg‘i sarfini kamaytirish bo‘yicha «Za rulyom» jurnali ekspertlari maslahat berishdi.

Demak, ekspertlarning fikricha, mashina kuzovini qordan tozalab bo‘lguncha motorni qizdirib olish kifoya, harakatlanishni esa keskin qo‘zg‘alish bilan boshlamagan ma’qul. Mashinani erinmasdan, qordan yaxshilab tozalang,  shunda ham ulovingiz yengillashadi, ham havo oqimi qarshiligi kamayadi.

Sovuq kunlarda mashina motoriga yopishqoqlik darajasi past moy quying, shuningdek, shinalardagi havo bosimini nazoratdan qochirmang: sovuqda pasayib ketgan bo‘lishi mumkin, bosimning kamayishi esa, ma’lumki, ishqalanish kuchini oshirib yonilg‘ining ortiqcha sarfiga olib keladi.

Haydovchilardan qishda mashinadagi ortiqcha barcha narsalardan, jumladan, mashina tomidagi yukxonadan voz kechishi maqsadga muvofiq. Unutmang, mashinaga qo‘shimcha yuk — qo‘shimcha yonilg‘i sarfi, degani. Qolaversa, qishda mashinani boshqarish usulini ham o‘zgartirish, joydan keskin qo‘zg‘almaslik, tezlikdan tezlikka silliq o‘tish kabi maslahatlar berilgan.

Kiritildi: 11:29 04.12.2020. O'qildi: 3374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!