Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirollik ot gvardiyasining otlari to‘rt kishini jarohatladi

Qirollik ot gvardiyasining otlari to‘rt kishini jarohatladi

Londonda qirollik ot gvardiyasining qochib ketgan otlari tufayli to‘rt kishi jarohatlandi.

Bu haqda Sky News yozmoqda.

Armiya vakilining aytishicha, 24 aprel, chorshanba kuni ertalab o‘tkazilgan “odatiy mashg‘ulot” chog‘ida “bir nechta harbiy xizmatchilar” saflarini buzgan.

London tez yordam xizmati ma’lum qilishicha, ot bilan bog‘liq uchta hodisadan keyin to‘rt kishi kasalxonaga olib ketilgan.

Qayd etilishicha, bitta ot to‘xtab turgan ikki qavatli sayyohlik avtobusiga urilib, old oynasini sindirgan.

Hozirda barcha qochib ketgan otlar ushlangan.

Kiritildi: 17:35 24.04.2024. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!