Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘izlar va tojiklar bir-birini toshbo‘ron qildi

Qirg‘izlar va tojiklar bir-birini toshbo‘ron qildi

13 mart kuni chegaraga yaqin hududda joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston aholisi o‘rtasida mojaro yuz berdi.

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev ushbu holatga izoh berdi.

Mojaro 13 mart kuni, chegaraga yaqin hududda joylashgan qishloq aholisi o‘rtasida yuz berdi. Bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohat olgan va Samarqandek qishlog‘i shifoxonasiga joylashtirilgan. Batken chegara otryadi shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan tartibda chegara muhofazasiga o‘tkazilgan.

Kecha kechki paytdan muzokaralar o‘tkazilishi boshlangan va haligacha davom etmoqda. Qirg‘iziston va Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda , - deb aytgan jurnalistlarga Saginbayev.

13 mart kuni qirg‘iziston tomon tashabbusi bilan Qirg‘iziston TIV rahbari Chingiza Aydarbekov va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Muloqot davomida vazirlar ikki mamlakatning tegishli organlari o‘rtasida yaqindan hamkorlik qardosh xalqlar o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolishi hamda yanada kuchaytirishida katta ahamiyat kasb etishini qayd etganlar.

Kiritildi: 10:09 14.03.2019. O'qildi: 3253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!