Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘izistonda yasama olmalar ichiga “narkotik” solib o‘tayotgan o‘zbekistonlik haydovchi qo‘lga tushdi

Qirg‘izistonda yasama olmalar ichiga “narkotik” solib o‘tayotgan o‘zbekistonlik haydovchi qo‘lga tushdi

Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda bojxona xizmati maxsus operasiya davomida katta partiyadagi sintetik giyohvand modda olib o‘tishga uringan K.B ismli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqda 18 oktyabr kuni respublika Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Xavfsizlik xodimlari Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Qirg‘iziston yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan muzlatgichli yarimtirkama qo‘shilgan yuk mashinasini tintuv qilgan. Tintuv paytida penoplastdan yasalgan 147 dona olma topilgan, ularning ichida metamfetamin (sintetik yo‘l bilan olingan giyohvandlik moddasi) joylangan polietilen paketlar bo‘lgan. Mashina haydovchisi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, yuk mashinasi Erondan yo‘lga chiqqan. Turkmaniston neytral hududida yarimtirkama turkman mashinasi bilan O‘zbekiston neytral hududiga yetkazilgan. U yerdan o‘zbekistonlik haydovchi Qirg‘izistonga yo‘l olgan.
Turkmaniston o‘z hududiga yuk yuklangan tirkamalar o‘tishigagina ruxsat beradi. Ular turkman yuktortar mashinalari orqali boshqa chegaraga yoki mamlakat ichidagi qabul qiluvchiga yetkaziladi.
Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan e’lon qilingan videoda olma topilgan tirkamada turkman avtoraqami taqilgani ko‘rsatilgan.
Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining qayd etishicha, musodara qilingan moddaning umumiy og‘irligi 1 kg 100 gramm yoki "qora bozor"da 531 286 AQSh dollariga pullanishi mumkin bo‘lgan 150 000 dozani tashkil qilgan.
Mazkur holat yuzasidan "Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini sotish maqsadida qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 16:01 20.10.2021. O'qildi: 2273 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!