Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonda snaryad portlab ketdi

Qirg‘izistonda snaryad portlab ketdi

5 yanvar kuni Tojikiston bilan chegaradosh Botken viloyatining Laylak tumanidagi Arka-2 qishlog‘idagi turar joy binolaridan birida noma’lum portlovchi qurilma portlab ketdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, portlashga uy egasi tomonidan eski qurilish materiallari orasidan topilgan snaryad sabab bo‘lgan. Portlash natijasida ayol va uning yaqinida bo‘lgan o‘n ikki yoshli qizi jarohat olgan. Qayd etilishicha, 2022 yilda ularning uyi otishma natijasida yonib ketgan.

Hozirda jabrlanganlar shifoxonada va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ularning salomatlik holati barqaror deb baholanmoqda.

Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari ish olib bormoqda, hodisa sabablari aniqlanmoqda.

— Bundan tashqari, shu kunning o‘zida Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Tojikiston tomoni voqea yuzasidan xabardor qilindi. Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati chegara hududlari aholisini ogoh bo‘lishga, ular topgan shubhali narsalarga tegmaslikka, zudlik bilan chegara bo‘linmalari yoki huquq-tartibot idoralariga xabar berishga chaqiradi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 16:22 06.01.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!