Qirg‘iziston prezidenti apparati Vladimir Putinga sovg‘a qilingan ot va itning narxi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochiqlamadi.
Vladimir Putin 28 mart kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga kelgandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov do‘stlik belgisi sifatida Rossiya yetakchisiga orlov oti va taygan qirg‘iz bo‘ribosar it bolasini sovg‘a qilgandi.
Prezident Kirgizii podaril Putinu orlovskogo skakuna i shenka izvestnoy kirgizskoy borzoy taygan po klichke Sherxan. pic.twitter.com/cUWxZzfliN
Kremlevskiy pul RIA (@Kremlinpool_RIA) 28 marta 2019 g.
Sovg‘a berganda, uning narxi aytilmaydi , - deb ta’kidladi Qirg‘iziston prezident apparati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Doniyor Sidikov.
Shuningdek, apparatda sovg‘alar kimning puliga sotib olingani to‘g‘risida ma’lumot aytilmadi.
Qirg‘izistonda toza orlov zotli otning narxi 5 ming dollardan boshlanib, yarim million dollargacha yetib borishi mumkin.
Taygan kuchuk bolasining narxi esa 100 dollardan 700 dollarni tashkil qiladi.