Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizlik rejalashtirayotgan 11 kishi hibsga olindi

A A A
Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizlik rejalashtirayotgan 11 kishi hibsga olindi

Dekabr oyi oxirida polisiyaga "Kirk uruu jeti duban intimagi" jamoat birlashmasining alohida a’zolari ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bugun ularning uylarida tintuvlar o‘tkazildi. Granata, ov miltig‘i, to‘pponcha, o‘q-dorilar, kamuflyaj kiyimlari, giyohvand moddalar, diniy adabiyotlar, balaklavalar, tartibsizliklarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa ashyolar musodara qilindi.

Mazkur ish bo‘yicha sobiq deputat va yana 10 kishi gumonlanib hibsga olindi.

IIV tarqatgan videoda ular respublikada vaziyatni beqarorlashtirish rejalarini muhokama qilmoqda. Ovozlardan biri muftiylik lavozimini egallashini da’vo qilmoqda.

Kiritildi: 18:45 24.02.2025. O'qildi: 1580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!