Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Qirg‘izistonda ko‘pfarzandlik uchun 23 ming dollargacha pul mukofoti beriladigan bo‘ldi

A A A
Qirg‘izistonda ko‘pfarzandlik uchun 23 ming dollargacha pul mukofoti beriladigan bo‘ldi

Qirg‘iziston prezidenti 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan oilalardagi ko‘pfarzandlikni targ‘ib qilishga doir farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab baland tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlarda doimiy yashovchi ko‘p bolali onalar uchun bir martalik “Bala bereke” to‘lovi belgilandi.

✅ Unga ko‘ra, oilada tug‘ilgan: (https://t.me/news24kg/30510)

4-farzand uchun - 100 ming som (taxminan 1,14 ming AQSh dollari);
5-farzand uchun - 600 ming som (taxminan 6,9 ming AQSh dollari);
6-farzand uchun - 800 ming som (taxminan 9,2 ming AQSh dollari);
7-farzand uchun - 1 million som (taxminan 11,5 ming AQSh dollari);
8-farzand uchun – 1,2 million som (taxminan 13,8 ming AQSh dollari);
9-farzand uchun – 1,5 million som (taxminan 17,3 ming AQSh dollari);
10 va undan ortiq bolaga - 2 million som (taxminan 23 ming AQSh dollari).

Kiritildi: 01:30 24.12.2024. O'qildi: 1935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!