Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda antibiotiklardan o‘lim holati qayd etildi

Qirg‘izistonda antibiotiklardan o‘lim holati qayd etildi

Yanvar oyida Qirg‘izistonda seftriakson antibiotiki tufayli to‘qqizta anafilaktik shok holati va bir o‘lim qayd etilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib 24.kg xabar berdi.

«Dori vositalari va tibbiy buyumlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir holatda bemor vafot etgan. Tahlil Hindiston, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Xitoy, Misr, Turkiya va Rossiyada ishlab chiqarilgan seftriakson dorisiga reaksiya borligini ko‘rsatdi», deyiladi bayonotda.

Beshta holatda nojo‘ya ta’sirlar uy sharoitida dori ishlatilgani oqibatida kelib chiqqan. Ya’ni bemorda anamnez, laboratoriya tekshiruvlari, tibbiyot xodimlari ko‘rigi o‘tkazilmagan.

«Mutaxassislarning ta’kidlashicha, anafilaktik shok holatlari ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda, bu antibakterial preparatlarni nazoratsiz, norasional qo‘llash oqibati bo‘lishi mumkin», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Vazirlik antibiotiklarni faqat tibbiy nazorat ostida va faqat sog‘liqni saqlash tashkilotlarining davolash xonalarida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlagan. Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan bemorlarga antibiotiklarni tabletkalarda va faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha olish tavsiya etilgan.

Kiritildi: 21:07 03.02.2023. O'qildi: 2478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!