Qirg‘izistonning Qorako‘l shahridagi tog‘-chang‘i kurortida lift tayanchi (chang‘i va snoubordchilarni tashish uchun kabel tizimi) qulab tushdi.
Bu haqda Qirg‘iziston OAVlari xabar bermoqda.
Issiqko‘l viloyat kasalxonasida tez yordam mashinasi ikki bolani olib kelgani, hozirda shifokorlar tekshiruv o‘tkazayotgani haqida xabar berdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlanganini tasdiqladi.
Tog‘-chang‘i kurortida uchta teleferik bor, qolgan ikkitasi hali ham ishlamoqda.