Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston SHHT doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirishni taklif qildi

Qirg‘iziston SHHT doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirishni taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari uchrashuvida tashkilotning taraqqiyot bankini tuzish masalasini ko‘tardi.

U mazkur bankni tuzish, xususan o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga o‘tish bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishni taklif qildi

Uning qo‘shimcha qilishicha, davlatlar, jumladan, kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida transport-logistika aloqalarini yanada chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega.

«Shu bois biz Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi tezroq amalga oshirilishi tarafdorimiz», — dedi Sooronbay Jeenbekov.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi.

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

O‘zbekiston prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikasiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.

Manba" zamin. uz

Kiritildi: 07:15 16.06.2019. O'qildi: 1534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!