Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deya xabar berdi Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. 

Tashrif qachon uyushtirilishi hozircha ma’lum qilinmagan. 

22 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farxod Arziyev va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev o‘rtasida videokonferensiya ko‘rinishida suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatda tashrifga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

24 fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti ilk rasmiy tashrif bilan Rossiyaga uchdi. 

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti sifatida yanvar oyi oxirida ish boshlagan edi.
 

Kiritildi: 15:45 24.02.2021. O'qildi: 2216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!