Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston lotin yozuviga o‘tmaydi?!

Qirg‘iziston lotin yozuviga o‘tmaydi?!

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov TASS axborot agentligiga bergan intervyusida Rossiya bilan munosabatlari, mamlakatda rus tilining holati va boshqa masalalarda o‘z fikrini bildirdi.

"Qirg‘iziston Konstitusiyasida rus tili rasmiy til sifatida belgilangan. Uning maqomi shunday qoladi va o‘zgarmaydi", - dedi prezident.

TASS jurnalistining "Ba’zi qo‘shni davlatlar kirilldan lotin yozuviga o‘tdi yoki o‘tishmoqda. Qirg‘izistonda ham bu masala kun tartibidami?" degan savoliga Sooronbay Jeenbekov shunday javob berdi:

"Bilishimcha, bu masala bizda mustaqillikning ilk yillarida ko‘tarilgan. O‘shandayoq lotinga o‘tmay to‘g‘ri ish qilganmiz. Hozir lotinga o‘tishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Respublikamiz erishgan fan va madaniyat sohasidagi yutuqlar kirill yozuvi orqali xalqimizga tarqab bo‘ldi".

Kiritildi: 11:59 28.02.2020. O'qildi: 2558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!