Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi "Elektron sigaretalar va tarkibida nikotin bo‘lgan suyuqliklarni olib kirishni vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risida"gi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi tashabbusi bilan chiqdi.
Bu haqda Qirg‘iziston OAVlari xabar bermoqda.
Hujjat 2025 yil 1 iyuldan kuchga kirgan “Fuqarolar sog‘lig‘ini tamaki va nikotin iste’moli oqibatlaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 15-1-moddasini amalga oshirish doirasida tayyorlangan bo‘lib, u aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida nikotin giyohvandligining oldini olishga qaratilgan.
Loyihada bitta korpusda suyuqlik bo‘lgan elektron sigaretalar va nikotin yetkazib berish tizimlarini, shuningdek, patronlar, sisternalar va boshqa idishlardagi nikotinli suyuqliklarni olib kirishni olti oy muddatga taqiqlash ko‘zda tutilgan.
Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda import hajmi o‘sib bormoqda: 2023 yilda deyarli 50 tonna, 2024 yilda 83 tonnadan ortiq va 2025 yilning birinchi to‘rt oyida taxminan 12 tonna. Asosiy yetkazib beruvchi davlatlar - Xitoy, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Gonkong, Germaniya va Qozog‘iston.