Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qirg‘iziston byudjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi

Qirg‘iziston byudjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi

Qirg‘izistonda korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi doirasida, 2020-2024 yillarda davlat g‘aznasiga 125 milliard dollar mablag‘ qaytarildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyev ma’lum qilgan.

Q.Tashiyev korrupsiyaga qarshi kurash davom ettirilishi va bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan barcha shaxslar jazolanishini ta’kidlagan.

«Ilgari korrupsionerlar jarima bilan qutulib qolar, ozodlikda yurar edi. Ammo yangi qonun qabul qilingach, ular jarima to‘lab qolmay, qamoq jazosini ham o‘taydi», – degan MXDQ raisi.

Siyosatshunos Arkadiy Dubnov korrupsiyaga qarshi kurash doirasida davlatga bu qadar katta miqdorda mablag‘ qaytarilishini «hayratomuz yutuq» deb atagan. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston davlat byudjeti 2024 yilda 7,6 milliard dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa huquq idoralari korrupsionerlardan yillik byudjetdan 17 baravar ko‘p mablag‘ qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari MXDQ raisiga qarshi suiqasd qilishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi.

Ikki hafta muqaddam esa Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi hokimiyatni egallash rejasida gumon qilingan yetti nafar shaxs qo‘lga olingani haqida axborot bergandi.

Kiritildi: Bugun 14:51. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!