Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qilichbozlik federasiyasi raisi ishdan ketdi

Qilichbozlik federasiyasi raisi ishdan ketdi

2017 yildan beri O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rustam Shoabdurahmonovning o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqilgan va delegatlar tomonidan ma’qullangan.

O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi raisi lavozimini esa “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abduvaliyevich Abdusamatov egallagan.

Shuningdek, O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasiga bosh kotibligiga ushbu vazifada faoliyat yuritib kelgan Gulnora Saidova qayta saylangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 fevral kuni 2019 yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Kiritildi: 22:55 27.05.2022. O'qildi: 3098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!