Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qidiruvdagi bola topilib, onasi bag‘riga qaytarildi

Qidiruvdagi bola topilib, onasi bag‘riga qaytarildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 13.11.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan, voyaga yetmagan 07.06.2014 yilda tug‘ilgan P.Norbo‘tayevani javobgarlar N.Axmadov hamda O.Chungalovalarning tarbiyasidan M.Abdusamadovaning tarbiyasiga olib berish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Nurota tumani bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan kunidayoq, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro etishlik uchun taraflarga yuborilgan.

Javobgarlar berilgan ixtiyoriy muddat ichida ijro hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarmagan, farzandini esa salkam bir yil mobaynida ko‘zdan yashirib, onasi M.Abdusamadovaga ko‘rsatmagan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida voyaga yetmagan 07.06.2014 yilda tug‘ilgan P.Norbo‘tayeva topilib, tuman IIB, YOXB hamda tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda da’vogar M.Abdusamadovaning tarbiyasiga olib berilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 15:20 22.02.2021. O'qildi: 2063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!