Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 2018 yil 19 may kuni ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 12 nafar shaxs ushlangan va avval qayd qilinib, ochilmay qolgan jinoyatlardan 6 tasi ochilgan.