Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Ukrainada qo‘lga olindi

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Ukrainada qo‘lga olindi

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlariga jinoyatchini qo‘lga olishda O‘zbekiston IIVdagi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi, shuningdek, Interpoldagi hamkasblari ko‘maklashgan.

Aniqlik kiritilishicha, 23 yoshli S.A. O‘zbekiston JKning 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) va 127-moddasida (“Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish”) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Hozirda jinoyatchi Toshkentga olib kelingan va sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan.

Kiritildi: 17:05 03.12.2019. O'qildi: 2608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!