Toshkent shahrining Yashnobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 06-oktyabr kuni Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektori kichik serjant A.Choriyev tomonidan Uysozlar ko‘chasida “MAN” rusumli yuk avtomobili to‘xtatilib, haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan J.T.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib rasmiy qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro J.T. Yashnobod tumani IIO FMBga topshirildi.