Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Qibray tumani prokuraturasining soxta xodimi qo‘lga olindi

Qibray tumani prokuraturasining soxta xodimi qo‘lga olindi

Qibray tumani prokuraturasining soxta xodimi ushlandi.

2007 yilda tug‘ilgan K.X. onasiga tegishli «Cobalt» avtomashinasini boshqarib yurgan vaqtda, o‘zini go‘yoki Toshkent viloyati Qibray tumani prokuraturasining xodimi ekanligini aytib, o‘zidagi soxta guvohnomani ko‘rsatib yurganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar olingan.

Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va IIB YHHB xodimlari bilan 2026 yil 12 iyul kuni Qibray tumani «G‘.G‘ulom» MFY hududida reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan vaqtda fuqaro K.X.«Cobalt» avtomashinasini boshqarib kelayotganida to‘xtatilgan.

Fuqaro K.X. IIB YHXB xodimlari qonuniy chora ko‘rmasligi uchun o‘zini go‘yoki Qibray tumani prokuraturasining xodimi ekanligini aytib, o‘zidagi soxta guvohnomani ko‘rsatib, javobgarlikdan qochmoqchi bo‘lgan. K.X.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Avtomashina nazorat tartibida ko‘zdan kechirilgan vaqtda avtomashina o‘rindig‘idan boshqa davlat raqam belgisi aniqlangan.

Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chaqirilib, fuqaro K.X.dan bir dona guvohnoma, bir juft davlat raqam belgisi olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2026 yil 13 iyulda Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda prokuratura departamentining soxta xodimi ushlangandi.

Kiritildi: 19:21 20.07.2026. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!