Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qaytarib olingan noutbuk mojarosi: Namangandagi maktab direktori ham ishdan ketdi

Qaytarib olingan noutbuk mojarosi: Namangandagi maktab direktori ham ishdan ketdi

Joriy yilning 22 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-“B” sinf o‘quvchisi Murodjon Ergashaliyevdan g‘oliblik uchun berilgan noutbuk maktab o‘qituvchilari tomonidan qaytarib olingani bo‘yicha videomurojaat e’lon qilingan.

Mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, shu kunning o‘zida noutbuk Murodjon Ergashaliyevga qaytarib berilgan va shu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat bildirilgan.

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmatiga ko‘ra, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan Norin tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda 1-sonli maktab faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Norin tuman 1-sonli maktab direktori Nozimjon Xusanov, sinf rahbari Sanobar Xojimurodova egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Yuqoridagi holat bo‘yicha, kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli Norin tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Javlonbek Nurmuxammadovdan tushuntirish xati olinib, tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriga xat kiritildi.

Kiritildi: 12:43 26.01.2022. O'qildi: 3340 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!