Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qaysi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi?

Qaysi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi?

Bugun, 13 dekabr kuni, Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga qarashli 16-mavzesida joylashgan 3188-sonli transformator punktida rejali mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida mazkur hududdagi 10-11-sonli ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik uzilish bo‘ladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.

Xorazm viloyatida “Xorazm elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati Urganch tumanining “Yuqori jirmiz”, “Qoramon”, “Beruniy”, “Kattabog‘”, “Hojiboylar”, “Oqbog‘”, “Adolat”, “Chakkako‘l”, “Sholikor” mahallalarida ham 13 dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Namangan viloyati, Namangan shahridagi 110/6 kVli “Axsikent” va 35/6 kVli “Davlatobod” nimstansiyalarida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Namangan shahrining “Porloq”, “Mashrab” va “Furqat” MFYlari hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Mingbuloq tumanidagi 35/10 kVli “Qo‘riq” va 110/35/10kVli “Gulbog‘” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Mingbuloq tumanining “Damko‘l”, “Farovon”, “Tolliq”, “Yoshlik”, “Yangigulbog‘” va “Qorashahar” MFY hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Chust tumanidagi 110/35/10 kVli “Chust” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Chust tumanining “Do‘stlik” va “Guluston” MFYlar hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Buxoro viloyatida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Yakkatut 35/10 kV” podstansiyasida ta’mirlash ishlari bajarilishi sababli, shu podstansiyadan elektr energiya bilan ta’minlangan Jondor tumanining “Qaroli”, “Xo‘jahayron”, “Dovud”, “Xumin”, “Qalmoq”, “Eronshox”, “Tobagar”, “Darveshi”, “Chorzona” va “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining elektr taminotida 2019 yil 13 dekabr kuni vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Kiritildi: 09:45 13.12.2019. O'qildi: 1885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!