O‘zbekistoning 9 viloyatida sel xavfi e’lon qilindi.
26 va 28-30 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel oqimlari yuzaga kelishi mumkin.
Bular Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari.
Ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa suv bosishiga olib kelishi mumkin.